«Arsenal» «Real» qiziqishi fonida Kalafori bo'yicha qaror qabul qildi

«Arsenal»ning italiyalik himoyachisi Rikkardo Kalafori Madridning «Real» klubi e'tiboriga tushdi. Ispaniyaliklar ehtimoliy transfer bo'yicha dastlabki muzokaralarni boshlashdi.
Teamtalk xabariga ko'ra, «kanonirlar» qirollik klubining italiyalik futbolchiga bo'lgan qiziqishiga munosabat bildirdi. Angliya chempioni rahbariyati Rikkardo bilan xayrlashishni istamayapti.
«Arsenal» bu yozda Kalaforini sotish bo'yicha muzokaralar olib borish niyatida emas. 24 yoshli qanot himoyachisi London top-klubi safiga 2024 yilning yozida kelib qo'shilgan edi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Futbolchining bozor qiymati 55 million evroga baholanmoqda.