"Arsenal" vingeri Bukayo Saka katta ehtimol bilan London klubida qoladi. "Kanonirlar" har qanday holatda ham etakchisi bilan shartnomani uzaytirishga qaror qildi.

Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, tomonlarning hamkorlikni uzaytirish bo'yicha muzokaralari yakuniy bosqichda. Saka "Arsenal" bilan shartnomasini 2030 yilning iyunigacha uzaytirishi kutilmoqda.

Avvalroq Bukayoga "Real" da'vogarlik qilayotgani xabar qilingandi. Madridliklar uning uchun 150 mln evro sarflashga tayyor. Ammo "Arsenal" shuncha mablag' evaziga ham o'z yulduzi bilan xayrlashmoqchi emas.