Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiy Mikel Arteta bilan hamkorlikni davom ettirishga mutlaqo shak-shubha qilmayapti.

HandofArsenal nashrining xabar berishicha, «kanonirlar» rahbariyati ispaniyalik mutaxassis tez orada shartnomani uzaytirishiga ishonmoqda. Yangi muzokaralar shu yozda bo'lib o'tadi. Murabbiyning klub transfer ishlarida faol ishtirok etayotgani tomonlarning yangi bitim tuzish borasidagi o'zaro xohish-istaklarining yaqqol belgisi sifatida baholanmoqda.

Mikel Arteta 2019 yilning dekabr oyidan buyon «Arsenal» boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 44 yoshli murabbiyning poytaxt grandi bilan amaldagi mehnat shartnomasi keyingi yilning o'rtalarida yakuniga etadi.

Yakunlangan mavsumda «Arsenal» 2004 yildan beri ilk bor Premer-liga chempionligini qo'lga kiritdi.

Manba: Stadion.uz