"Arsenal" bu futbolchiga qancha pul sarflashi kerakligi ma'lum bo'ldi. Xabarlarga ko'ra, "Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretska kanonirlar radariga tushgan.

Ammo uni jamoaga qo'shib olish uchun moliyaviy manbalar sarflanishi kerak.

Goretska haftasiga 300 ming evro maosh so'ramoqda. U yiliga kamida 7 million maosh olishni istamoqda. Bonuslar bilan bu miqdor 10 millionga etishi mumkin.

Manba: newsnow.co.uk