"Arsenal" qishdayoq frantsuz iqtidorini o'z safiga qo'shib olmoqchi

"Lill" yarim himoyachisi Ayyub Buaddi Londonning "Arsenal" klubi transfer maqsadiga aylandi.
"Kanonirlar" 18 yoshli vunderkindning yanvardagi transferi ustida faol ish olib bormoqda, deb xabar bermoqda jurnalist Fabris Xokins. Ingliz grandi sport direktori Andrea Berta allaqachon frantsuzning atrofidagilar bilan muzokaralar olib borgan. "Lill" o'sib kelayotgan yulduz bilan xayrlashishga shoshilmayapti: "itlar" rahbariyati xavbekni kelasi yozda foydaliroq sotish uchun shartnomani uzaytirmoqchi - narx 50 mln evrodan oshishi kutilmoqda.
Transfermarkt portali Buaddining narxini 30 mln evroga baholamoqda. Joriy mavsumda futbolchi 18 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.