"Arsenal" o'z g'alabali seriyasini to'rtta o'yinga etkazib oldi. Mikel Arteta shogirdlari APLning 25-turida "Sanderlend"ni 3:0 hisobida tor-mor etishdi.

Bungacha londonliklar "Chelsi" (1:0), "Lids Yunayted" (4:0) va Chempionlar Ligasida "Qayrat" (3:2) jamoalarini mag'lub etgan edi. "Kanonirlar" oxirgi marta 25 yanvarda "Manchester Yunayted"dan mag'lubiyatga uchrashgan edi (2:3).

12 fevral kuni londonliklar safarda "Brentford" bilan to'qnashadi.