«Arsenal» «PSJ» vingeri Bredli Barkolaning harakatlarini kuzatib bormoqda. Bu haqda insayder Aleks Kruk xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, londonliklar uchun «Aston Villa» yarim himoyachisi Morgan Rodjers ustuvor variant hisoblanadi, biroq ular Barkola nomzodiga ham murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek, frantsiyalik futbolchiga «Liverpul» klubi ham da'vogarlik qilmoqda.

Yakunlangan mavsumda Bredli Barkola «PSJ»ga Liga 1da g'olib chiqishda yordam berdi. Parijlik kuchli uchlikda «Lans», «Lill» va «Lion» klublarini ortda qoldirishdi. Shuningdek, klub Evropa Superkubogi, Frantsiya Superkubogi, Qit'alararo kubok va Chempionlar Ligasida ham zafar quchdi.