TsSKA yarim himoyachisi Matvey Kislyak Evropa va Janubiy Amerikaning bir qator grand jamoalari e'tiboriga tushdi. Insayder Ekrem Konurning xabar berishicha, 20 yoshli Rossiya terma jamoasi a'zosiga «PSJ» (Frantsiya), «Arsenal» (Angliya), shuningdek, Braziliyaning «Flamengo» va «Palmeyras» klublari qiziqmoqda.

Manbaga ko'ra, avvalroq Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi futbolchini qo'lga kiritishga urinib ko'rgan va 2025 yilda TsSKAga 12 million evro taklif qilgan edi.

Matvey Kislyak 2024 yildan buyon «armiyachilar»ning asosiy tarkibida to'p tepib kelmoqda. Joriy mavsumda tayanch yarim himoyachisi barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.