"Arsenal" Evropaning eng iqtidorli yosh yarim himoyachilaridan biri - "Pari Sen-Jermen" vakili Uorren Zair-Emerini o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rishi mumkin.

CaughtOffside nashri xabariga ko'ra, "kanonirlar" futbolchini kuzatib borayotgan yagona grand emas: yosh yarim himoyachining xizmatlariga "Manchester Siti" ham qiziqish bildirmoqda.

Qo'shimcha qilamizki, Uorren joriy mavsum 10 ta o'yinda harakat qildi va 675 daqiqani maydonda o'tkazdi.