«PSJ» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan 18 yoshli frantsiyalik himoyachi Emmanuel Mbemba Tumanli Albionga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda BBC Sport jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma'lumotlariga ko'ra, yakunlangan mavsumda Angliya Premer-ligasi chempionlik unvonini qo'lga kiritgan Londonning «Arsenal» klubi ushbu istiqbolli himoyachi transferiga qiziqish bildirmoqda. «Kanonirlar» Emmanuelga mehnat shartnomasi taklif qilishgan.

Ta'kidlab o'tish joizki, iste'dodli futbolchining Parij grandi bilan tuzgan shartnoma muddati shu yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Mbemba 2024 yilning yozidan buyon «PSJ»ning yoshlar jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan edi.