"Arsenal" o'z maydonida g'alaba qozonishda davom etmoqda.

Mikel Arteta jamoasi APLning 14-turida o'z maydonida "Brentford"ni mag'lub etdi (2:0).

"Kanonirlar" oxirgi marta 21 sentyabr kuni "Emireyts"da g'alaba qozona olmagandi - o'shanda "Manchester Siti" bilan durang (1:1) qayd etilgandi. Shundan buyon londonliklar o'z maydonlarida 8 ta g'alabaga erishdi.

6 dekabr kuni "Arsenal" safarda "Aston Villa" bilan kuch sinashadi.