«Arsenal» Norvegiya terma jamoasi yarim himoyachisi transferi bo'yicha ilk taklifini tayyorlamoqda

«Arsenal» «RB Leyptsig» va Norvegiya terma jamoasi yarim himoyachisi Antonio Nusaga bo'lgan qiziqishini davom ettirmoqda.
CaughtOffside nashri xabariga ko'ra, London klubining xavbekka bo'lgan qiziqishi kun sayin ortib bormoqda. «Kanonirlar» futbolchining transferi uchun 40 million evro miqdorida taklif tayyorlamoqda. Shu bilan birga, «RB Leyptsig» o'z o'yinchisini sotishdan kamida 60 million evro ishlab olishni maqsad qilgan. Norvegiyalik futbolchi atrofidagi vaziyatni «Nyukasl» va «Yuventus» klublari ham kuzatmoqda.
Antonio Nusa 2024 yilda «Bryugge»dan 21 million evro evaziga «RB Leyptsig»ga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi Germaniya klubi safida barcha turnirlarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar