"Arsenal"ning uch nafar muhim futbolchisi "Brentford"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritildi

"Arsenal"ning asosiy tarkibidagi uch muhim futbolchi Bukayo Saka, Martin Edegor va Leandro Trossard "kanonirlar"ning "Brentford"ga qarshi safardagi London derbisi qaydnomasiga kiritilgan. Ijtimoiy tarmoqdagi mish-mishlar Hand of Arsenal tomonidan tarqaldi.
"Ulardan qaysi biri o'yin uchun rasmiy qaydnomaga kirishi hozircha noma'lum, ammo bu ajoyib yangilik", - deya tushuntiradi manba.
Qo'shimcha qilinishicha, Sakaning tiklanishi kutilganidan ancha tezroq kechgan. Eslatib o'tamiz, "Brentford" - "Arsenal" o'yini 12 fevraldan 13 fevralga o'tar kechasi bo'lib o'tadi.