«Arsenal»ning sobiq yarim himoyachisi: «Jamoa uchun APL EChLdan muhimroq»

Rober Piresning fikricha, "Arsenal" uchun Chempionlar Ligasidan ko'ra APLdagi g'alaba muhimroq.
— Bugungi kunda «Arsenal» uchun qaysi biri muhimroq – APLdagi g'alabami yoki Chempionlar Ligasidagimi?
— Angliyada Premer-liga titulining qadri ancha yuqori. Albatta, Chempionlar Ligasidagi g'alaba – bu orzu, lekin shuni aytishimiz kerakki: inglizlar o'z chempionatlarini sevishadi. Chunki u murakkab, to'xtovsiz davom etadi – avgustda boshlanib, mayda tugaydi.
Chempionlar Ligasida esa doimo tanaffuslar bo'ladi, o'yinlar ikki haftada bir marta o'tkaziladi. Ha, siz katta klublarga qarshi o'ynaysiz. Ammo gap shundaki, Angliya chempionati shunchalik qiyin, og'ir va talabchan-ki, siz unda g'alaba qozonsangiz, haqiqatan ham baxtli bo'lasiz.
Shunday ekan, menimcha, agar «Arsenal» muxlislaridan APLni yutishni yoki Chempionlar Ligasini yutishni xohlashlarini so'rasangiz, ularning barchasi Premer-ligani aytishadi, – dedi «Arsenal»ning sobiq yarim himoyachisi.