O'z vaqtida Londonning "Arsenal" klubida to'p tepgan Dennis Bergkamp Angliya premer-ligasidagi chempionlik poygasi haqida gapirdi. Mutaxassisning fikricha, "kanonirlar"ning oltin uchun kurashdagi yagona raqibi "Arsenal"dan 6 ochkoga ortda qolayotgan "Manchester Siti" hisoblanadi.

"Men unchalik tashvishlanmagan bo'lardim, chunki boshqa jamoalar hozircha etarlicha kuchli emas, deb o'ylayman. "Manchester Siti" chempionlik uchun kurash olib borishi mumkin", - deya Bergkampning so'zlarini keltiradi The Overlap.

Mutaxassisning qo'shimcha qilishicha, "Arsenal" bo'lajak o'yinlarning har biriga e'tibor qaratishi kerak. Mikel Arteta jamoasi 56 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda.