«Arsenal»ning sobiq darvozaboni «PSJ» bilan finalda penaltini golga aylantira olmagan Eze va Gabrielga murojaat qildi

Londonning «Arsenal» klubi sobiq darvozaboni Aaron Remsdeyl Chempionlar ligasi finalida penaltilar seriyasining antiqahramonlariga aylangan Eberechi Eze va Gabriel dos Santosni qo'llab-quvvatladi. Ingliz yarim himoyachisi va braziliyalik himoyachining xatolari penaltilar seriyasi taqdirini hal qildi – har ikkisi ham noaniq zarba berdi.
«Men bu ikkovlonni yaxshi ko'raman. Nima bo'lishidan qat'i nazar, sizlar bilan faxrlanaman. Penalti ijro etish uchun maydonga chiqishdan qo'rqmadingiz. Qolgan barchangiz bilan ham faxrlanaman, sizlar albatta qaytasiz!» — deb yozdi ijtimoiy tarmoqlarda hozirda «Sautgempton»dan «Nyukasl»ga ijaraga berilgan Remsdeyl.
Final uchrashuvining 120 daqiqalik o'yini 1:1 hisobida yakunlandi. Gollarga Kay Xaverts va Usman Dembele mualliflik qilishdi.