«Arsenal»ning ojiz nuqtasi: Hisobda oldinda borib, ochko yo'qotish bo'yicha jamoa APLda «kuchli uchlik»da

APLda faqatgina ikkita jamoa hisobda oldinda borayotib, «Arsenal»dan ko'ra ko'proq ochko yo'qotgan.
Londonliklar bugun «Vulverxempton»ga qarshi o'yinda qo'shib berilgan daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqarishdi (2:2).
Joriy mavsumda Mikel Arteta jamoasi o'yin davomida ustunlikka ega bo'la turib, allaqachon 7 ochkoni boy berdi. Bu borada faqat «Kristal Pelas» va «Vest Xem» jamoalari ko'proq — 8 ochkodan yo'qotishgan.