"Arsenal"ning avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Londonning "Arsenal" klubi avgust oyining eng yaxshi futbolchisi nomini e'lon qildi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, bu italiyalik himoyachi Rikkardo Kalafori bo'ldi. U so'rovnomada 52 foiz ovoz oldi. Kalafori APLning uchta o'yinida bitta golga ega - birinchi turda "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda. Bu gol "kanonirlar"ga g'alaba keltirdi - 1:0.
Eslatib o'tamiz, italiyalik futbolchi o'tgan mavsum boshlanishidan oldin "Bolonya"dan ko'chib o'tganidan keyin "Arsenal"da o'ynay boshladi, ammo himoyachi vaqti-vaqti bilan jarohatlar bilan qiynaldi.
APLning dastlabki uch turi yakunlariga ko'ra, “Arsenal” olti ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Klub "Manchester Yunayted" va "Lids" ustidan g'alaba qozongan, ammo "Liverpul"dan mag'lub bo'lgan.
Kommentariyalar