"Arsenal" Opta talqini bo'yicha APLning asosiy favoritiga aylandi.

Mikel Arteta jamoasi 7-turda "Vest Xem"ni mag'lub etib (2:0), "Liverpul"ni ortda qoldirgan holda Angliya chempionati turnir jadvalida 1-o'ringa chiqib oldi. Londonliklar ochkolari sonini 16 taga etkazdi.

Opta superkompyuteri mavsumning qolgan qismi uchun 10 000 ta simulyatsiya o'tkazdi va 41,58% hollarda "kanonirlar" g'olib chiqdi.

"Liverpul" - 35,74%, "Manchester Siti" - 10,74%, "Kristal Pelas" - 4,77%, "Chelsi" - 2,02%, "Bornmut" - 1,25%, "Nyukasl" - 1,07%, "Tottenxem" - 0,98%, "Manchester Yunayted" - 0,08% ehtimol bilan chempion bo'ladi.