Manbaning yozishicha, «Vest Xem» vingeri Krisensio Sammervill top-klubga o'tishi mumkin.

Futbolchiga beshta klub da'vogarlik qilmoqda. «Arsenal», «Aston Villa», «Tottenxem» va «Manchester Yunayted» Sammervill bilan shartnoma imzolashni xohlamoqda. Shuningdek, o'yinchiga «PSJ» ham da'vogarlik qilmoqda.

«Arsenal», «Aston Villa» va «Tottenxem» «Vest Xem» vingeri Krisensio Sammervillni sotib olish kurashida «Manchester Yunayted» va «Pari Sen-Jermen»ga qo'shilishdi.

Krisensio Sammervill JCh-2026ni yorqin o'tkazmoqda. Vinger uchta o'yinda ikkita gol urdi. Shuningdek, futbolchi hisobida bitta assist ham bor. «Transfermarkt» o'yinchining qiymatini 35 million evroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz