"Arsenal" ketma-ket ikkinchi o'yinda burchak zarbasidan keyn gol urdi.

"Kanonirlar" APLning 2-turida "Lids"ni qabul qilmoqda (4:0, ikkinchi bo'lim).

34-daqiqada Deklan Raysning burchakdan oshirgan to'pini Yurrien Timber boshi bilan darvozaga yo'llab, hisobni ochdi. 56-daqiqada Timber dubl qayd etdi.

O'tgan turda "Arsenal" "Manchester Yunayted"ni Rikkardo Kalafori tomonidan kiritilgan gol evaziga mag'lub etdi (1:0), u ham belgilangan burchak to'pdan boshi bilan darvozani ishg'ol qilgandi.

2023/24 yilgi mavsumdan beri Premer-ligada hech kim burchak to'pidan “Arsenal”dan ko'proq gol urgani yo'q – 33 ta gol. Bu ko'rsatkich bo'yicha "Liverpul" ikkinchi o'rinda - 20 gol.