"Arsenal" "Napoli"ning bosh skautini o'z tomoniga og'dirmoqchi

Londonning "Arsenal" klubi "Napoli" bosh skautini o'z safiga chorlash ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga qaraganda, APLning "Arsenal" klubi Mauritsio Mikelini kadrlar bilan ishlash bo'yicha rahbarlik lavozimiga taklif qilmoqchi. Muzokaralar rivojlangan bosqichda.
57 yoshli italiyalik Marek Gamshik, Kim Min Je va Xvicha Kvaratsxeliya kabi iste'dodlarni kashf etgan. U o'tmishda "Udineze"da skaut va "Breshiya"da sport direktori bo'lib ishlagan. Mikelli birinchi marta 2010 yilda "Napoli" skautlar tarmog'iga tushgan. U erda 5 yil ishlab, o'zini "Verona" va "Bolonya"da sinab ko'rdi, 2018 yilda esa yana Neapol klubi safiga qo'shildi.
Mikelining "Napoli"dan ketishi birinchi marta aytilayotgani yo'q. "Yuventus" ushbu mutaxassisga 2024 yilda taklif bilan chiqqan edi.