«Arsenal», «MYu» va «Bavariya» ivuarlik iqtidor uchun kurashmoqda

Germaniyaning «Xoffenxaym» klubi vingeri Bazuman Ture Evropaning top-klublari o'rtasida katta qiziqish uyg'otmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 20 yoshli ivuarlik yarim himoyachi Myunxenning «Bavariya», Londonning «Arsenal» va «Manchester Yunayted» klublarining qiziqishlar doirasiga tushgan. Germaniya tomoni esa afrikalik iqtidorning transferidan taxminan 50-55 million evro ishlab olishni ko'zlamoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda Ture 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 ta gol va 10 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirida nihoyasiga etadi.