Londonning "Arsenal" klubi o'ng qanot himoyachisi Yurrien Timber bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.

Klub sport direktori Andrea Berta allaqachon 24 yoshli niderlandiyalik bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.

Transfermarkt portali 70 million evroga baholayotgan Timber joriy mavsumda 22 ta o'yinda 3 tadan gol va assist muallifi bo'ldi.