«Arsenal» Martinelli bo'yicha qaror qabul qildi

Londonning «Arsenal» klubi vingeri Gabriel Martinelli joriy mavsum yakunlanganidan keyin jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, agar manfaatli taklif tushsa, «kanonirlar» rahbariyati braziliyalik yarim himoyachi bilan xayrlashishga tayyor. Martinellining faoliyatini davom ettirishi mumkin bo'lgan variantlar orasida Madridning «Atletiko» klubi tilga olinmoqda. «Matraschilar» kelayotgan yozda futbolchini o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rishadi.
24 yoshli braziliyalik futbolchining «Arsenal» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilda o'z nihoyasiga etadi. Transfermarkt portali ekspertlari uning bozor qiymatini 45 million evroga baholamoqda.