«Arsenal» Manu Koneni sotib olmoqchi emas

Fabritsio Romano bergan xabarga ko'ra, «Arsenal» «Roma»dan Manu Koneni transfer qilish bo'yicha faol muzokaralar olib bormayapti. Insayderning ta'kidlashicha, APL chempionlari ayni damda frantsiyalik yarim himoyachini sotib olishni maqsad qilmagan.
Bundan avvalroq, «Arsenal» 25 yoshli yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olish uchun faol muzokaralar olib borayotgani, «Roma» esa Kone uchun taxminan 50 million evro talab qilayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.
Manu Konening rimliklar bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. O'tgan mavsumda xavbek Italiya chempionatida 29 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali Konening transfer qiymatini 50 million evroga baholamoqda.