«Arsenal» keyingi mavsum uchun uy formasini namoyish etdi(foto)

«Arsenal» klubi «Emireyts» stadionining 20 yilligiga bag'ishlangan 2026/27 yilgi mavsum uchun yangi uy formasini taqdim etdi.
Liboslar to'plami an'anaviy uslubda ishlangan: to'q qizil rangli asos va oq englar. Shuningdek, unda «Emireyts» stadioniga ishora qiluvchi detallar, jumladan, arena tomining egri chiziqlaridan ilhomlanib yaratilgan dumaloq yoqa hamda futbolka yuzasidagi zo'g'a ilg'anadigan qizil naqshlar mavjud.


Uy liboslari to'plamini qizil elementlarga ega bo'lgan oq shortilar va qizil getrilar to'ldirib turadi.