«Arsenal» ketma-ket ikkinchi yil EChL yarim finalida

Londonning «Arsenal» jamoasi ketma-ket ikkinchi bor Chempionlar ligasining chorak final to'sig'idan muvaffaqiyatli o'tdi.
Mikel Arteta shogirdlari Lissabonning «Sporting» klubini ikki o'yin natijasiga ko'ra (1:0, 0:0) musobaqadan chiqarib yuborishdi va yarim finalda Madridning «Atletiko» jamoasi bilan kuch sinashadigan bo'lishdi.
E'tiborli jihati, «kanonirlar» o'z tarixida ilk bor ketma-ket ikki mavsumda EChL yarim finaliga yo'l olishdi. O'tgan yili ular ushbu bosqichda Frantsiyaning «PSJ» klubiga imkoniyatni boy berishgan edi.