"Arsenal" Ekvadorning "Independente del Vale" klubidan egizak yarim himoyachilarni transfer qilish bo'yicha kelishuvga erishdi. London klubi egizak aka-ukalar Edvin va Xolger Kintero bilan shartnoma imzolash bo'yicha kelishuvga erishdi.

Edvin va Xolger Janubiy Amerikaning eng istiqbolli yosh iste'dodlari sifatida tan olingan. Ikkalasi ham klub va Ekvador U-17 terma jamoasida yoshlar darajasida o'ynaydi.

"Independente del Vale"ning yosh yarim himoyachilari 2027 yilda 18 yoshga to'lganida "kanonirlar" safiga qo'shiladi.

Ayni paytda "Arsenal"da ekvadorlik futbolchi to'p surmoqda - bu yozda transfer qilingan himoyachi Pero Inkapedir.