"Arsenal" Jezusni EChL qaydnomasiga kiritdi

"Arsenal" hujumchi Gabriel Jezusni Chempionlar Ligasi qaydnomasiga kiritdi.
28 yoshli braziliyalik futbolchi to'pig'idan jarohat olgan 15 yoshli Maks Douman o'rnini egalladi. Angliyalik futbolchi yanvar oyida zaxiraga olinishi mumkin, biroq u bugundan boshlab 60 kun davomida evrokubok o'yinlarida ishtirok eta olmaydi.
Jezus ertaga EChL umumiy bosqich 6-turidan o'rin olgan "Bryugge"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin. U joriy yilning yanvar oyidan beri London jamoasida o'ynamadi.