Meksika terma jamoasi va «Tixuana» klubi yarim himoyachisi Xilberto Mora Londonning «Arsenal» klubiga o'tishi mumkin.

«Kanonirlar» 17 yoshli futbolchining transferi ustida allaqachon ish boshlashgan, deya xabar bermoqda Transfer News Live nashri El Universal'ga tayanib. Porlayotgan yulduzga Angliya Premer-ligasining boshqa bir grandi — «Liverpul» ham qiziqish bildirmoqda.

Xilberto Mora JCh-2026 da Meksika terma jamoasi safida to'rtta o'yinda maydonga tushdi va ularning uchtasini asosiy tarkibda boshladi. Yarim himoyachi Pele davridan beri mundialning pley-off bosqichida o'ynagan eng yosh futbolchiga aylandi.

Meksikalik vunderkindning «Tixuana» bilan shartnomasida 23 million evro miqdorida tovon puli belgilangan.

Manba: Stadion.uz