Bilbaoning «Atletik» klubi vingeri Niko Uilyams Angliya Premer-ligasining top-klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaning ma'lum qilishicha, yarim himoyachiga «Arsenal» jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Kanonirlar»ning sport direktori 23 yoshli futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarga kirishgan.

Uilyamsning bozor qiymati 40 million evroga baholanmoqda. Niko va «Atletik» o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2035 yilda o'z nihoyasiga etadi.

Vinger Ispaniya terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempioniga aylandi. U final bahsida golli uzamaga mualliflik qilgan edi.

Manba: Stadion.uz