«Arsenal» klubi rasmiy sayti orqali 18 yoshli hujumkor yarimhimoyachi Itan Nvanerining joriy mavsum oxiriga qadar ijara asosida «Marsel»ga o'tgani haqida xabar berdi.

Nvaneri «kanonirlar» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safida barcha musobaqalarda jami 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo'lgan. 18 yoshli yarimhimoyachining London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 million evroga teng.

Manba: championat.com