Londonning «Arsenal» klubi «Liverpul» yarim himoyachisi Kyortis Jonsni «Inter»dan tortib olishi mumkin.

Calciomercato nashrining xabariga ko'ra, «Arsenal» 25 yoshli futbolchi uchun kurashga qo'shilgan. «Inter» ham unga bo'lgan qiziqishini saqlab turibdi, biroq «Liverpul» talab qilayotgan 40 million evroni to'lashga tayyor emas. Hozircha Italiya chempioni 25 million evrodan ko'p bo'lmagan mablag' taklif qilmoqda.

Alohida ta'kidlanishicha, «to'pchilar» bosh murabbiy Mikel Arteta uchun yarim himoya chizig'ini rang-barang qilish maqsadida Jonsni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

2025/26 yilgi mavsumda Jons barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Xavbekning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi.

Manba: Stadion.uz