«Arsenal» ikki yulduzisiz «Sporting» mehmoni bo'ladi

Londonning «Arsenal» jamoasi UEFA Chempionlar ligasi chorak finalida Lissabonning «Sporting» klubi bilan to'qnash keladi. «To'pchilar»ning ikki futbolchisi — himoyachi Yurren Timber va vinger Bukayo Saka bo'lajak o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta ma'lum qildi.
«Bukayo va Yurren jamoa bilan birga ketishmadi. Ular hali maydonga tushishga tayyor emaslar. Agar hammasi yaxshi bo'lsa, ularning dam olish kunlaridagi o'yinga qaytishiga umid qilishimiz mumkin», — deya ispaniyalik murabbiyning so'zlarini iqtibos keltiradi UEFA matbuot xizmati.
«Sporting» — «Arsenal» uchrashuvi bugun, 7 aprel kuni Lissabondagi stadionda bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.