"Arsenal" hujumchisi: "Butun umr jamoada qolishga tayyorman"

Londonning "Arsenal" klubi qanot hujumchisi Gabriel Martinelli klubdagi kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
"Agar menda shunday imkoniyat bo'lsa, men bu erda bir umr qolaman. Bu ajoyib oila va jamoadoshlarim bilan cho'qqilarni zabt etishni istayman", - dedi Martinelli jurnalistlarga.
"Arsenal" Martinellini 2019 yilda sotib olgan edi. Joriy mavsumda 24 yoshli braziliyalik futbolchi Angliya Premer-ligasida ikkita o'yinda maydonga tushdi, biroq samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.