Londonning «Arsenal» klubi o'zining rasmiy sayti orqali yangi futbolchining safga kelib qo'shilganini e'lon qildi. Jamoa a'zosiga aylangan Xristos Tsolis ilgari Belgiyaning «Bryugge» klubida to'p surgan.

Tsolisning asosiy pozitsiyasi — chap qanot vingeri. Shu bilan birga, 24 yoshli gretsiyalik futbolchi o'ng qanotda va hujum markazida ham harakat qila oladi. Odatdagidek, «Arsenal» imzolangan shartnoma muddatini oshkor qilmadi, biroq kelishuv uzoq muddatli ekanini ta'kidlab o'tdi.

«Arsenal» safida Xristos Tsolis 17-raqam ostida to'p suradi.

2026/2027 yilgi mavsumdagi ilk o'yinini Tsolis 16 avgust kuni o'tkazishi mumkin. Ushbu kunda «Arsenal» Angliya Superkubogi doirasida «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: Stadion.uz