Yakub Kiver "Arsenal"dan "Portu"ga o'tmoqda.

Portugaliya klubi "Arsenal" bilan 25 yoshli markaziy himoyachining transferi bo'yicha kelishib oldi.

"Portu" polshalik futbolchini 2 million evroga ijaraga oladi va 17 million evroga sotib olish majburiyatini oladi.

Bonuslarni hisobga olgan holda, bitimning umumiy summasi 25-27 million evrogacha oshishi mumkin.

Yakub Kivyor 2023 yilning yanvarida "Arsenal"ga "Spetsiya"dan 19,5 million evro evaziga kelib qo'shilgandi.