"Arsenal" himoyachisi: "O'tgan mavsumdan keyin yangi transferlar qilishimiz kerak edi"

Londonning "Arsenal" klubi futbolchisi Yurren Timber klubning transfer kampaniyasi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
O'tgan yozda "kanonirlar" deyarli 300 mln evroga Martin Subimendi, Eberechi Eze, Viktor Dyokeresh, Noni Madueke, Pero Inkape va boshqa nomdor yangi futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi.
"O'tgan mavsumdan keyin bir nechta futbolchi bilan kuchayishimiz kerakligi ma'lum bo'ldi. Yoz voqealarga boy bo'lishini bilardik va oxir-oqibat shunday bo'lib chiqdi. Shubhasiz, bizga bosim o'tkazilmoqda, chunki "Arsenal" anchadan beri chempion bo'lmagandi," - deya Timberning so'zlarini keltiradi Arsenal News Channel.