"Arsenal" "Real" himoyachisi Viktor Valdepenyasga qiziqish bildirmoqda.

London klubi skautlari himoya markazida va chap qanotda to'p tepayotgan 19 yoshli ispaniyalik futbolchining o'yinini kuzatmoqda. Viktor klub short-listidan joy olgan, deya ta'kidlamoqda Fabritsio Romano.

Valdepenyas "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u bu mavsumda "qaymoqranglilar"ning asosiy jamoasida debyut qildi.