"Arsenal" futbolchisi ikki oyga safdan chiqdi

"Arsenal" futbolchisi Noni Madueke ikki oyga safdan chiqdi, deb xabar beradi The Athletic.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi tizzasidan jarohat olgan. 23 yoshli futbolchi o'tgan yakshanba kuni Angliya Premer-ligasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda (2:1) jarohat olgan edi.
Dushanba kuni o'tkazilgan tekshiruv Maduekening bir nechta o'yinlarni o'tkazib yuborishini tasdiqladi.