Angliya Premer-ligasi 13-turida London derbisi bo'lib o'tdi. "Chelsi" o'z maydonida peshqadam "Arsenal" bilan durang o'ynadi - 1:1.

Ushbu o'yinda "aristokratlar" markaziy yarim himoyachisi Moyses Kaysedo to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olgan bo'lsa, "kanonirlar"ning naq 6 nafar futbolchisi o'yin davomida sariq kartochka oldi.

"Arsenal" futbolchilari avvalgi 12 turda jami 12 ta ogohlantirish olgan bo'lsa, kechaning o'zida 6 ta sariq kartochka bilan jazolanishdi.

Hozirda "to'pchilar" 30 ochko bilan turnir jadvalida etakchi. "Manchester Siti" 25 ochko bilan ikkinchi o'rinda.