Londonning "Arsenal" klubi hujumchisi Gabriel Jezus maydonga qaytganidan so'ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

28 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi doirasida Belgiyaning "Bryugge" klubiga qarshi kechgan va "kanonirlar" 3:0 hisobida g'alaba qozongan o'yinda zaxiradan maydonga tushdi. Bu braziliyalik futbolchi uchun yanvar oyidan beri ilk o'yin bo'ldi - u jarohat tufayli 322 kunni o'tkazib yubordi.

"Men tayyorman. Hamma mening golimni kutardi va men, albatta, gol urishni xohlardim. Ammo nihoyat qaytganimdan va o'ynay olganimdan juda xursandman," - deya Jezusning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.

Shanba kuni Mikel Arteta jamoasi Premer-liganing 16-turida o'z uyida "Vulverxempton"ni qabul qiladi.