Londonning "Arsenal" klubi Chempionlar ligasi finalida "PSJ"ga qarshi penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi. Bu londonliklar uchun tarixdagi sakkizinchi evrokubok finali bo'ldi va ularning oltitasida jamoa mag'lubiyatga uchragan.

Shuningdek, bu "Arsenal"ning evrokubok finalidagi penaltilar seriyasidagi ikkinchi mag'lubiyatidir. Birinchisi 2000 yilda UEFA kubogi finalida Turkiyaning "Galatasaroy" klubiga qarshi bahsda yuz bergandi.

O'shanda George Xadji boshchiligidagi va marhum murabbiy Mircha Luchesku qo'l ostidagi turk klubi finalda penaltilar seriyasigacha etib borgan. Unda "Galatasaroy" futbolchilari "kanonirlar"dan ko'ra aniqroq harakat qilib, 4:1 hisobida g'alaba qozonishgandi.