"Arsenal" etakchisi jarohat olgan bo'lishi mumkin

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi Deklan Raysning holati haqidagi savolga javob berdi.
27 yoshli futbolchi yakshanba kuni bo'lib o'tgan "Chelsi"ga qarshi derbida (2:1) Yurren Timberga golli uzatmani amalga oshirib, "kanonirlar"ning g'alabasiga hissa qo'shgan edi. Uchrashuvning 76-daqiqasida xavbek Kristian Nyorgorga almashtirildi.
"Bu qanchalik jiddiy ekanini bilmayman, lekin Deklanning o'zi almashtirishni so'radi. Biz tibbiy ko'rik natijalarini kutishimiz kerak — shundan keyingina uning chorshanba kungi o'yinda ishtirok eta olishi ma'lum bo'ladi", — dedi Arteta matbuot anjumanida.
4 mart kuni "Arsenal" Premer-liga doirasida safarda "Brayton"ga qarshi bahs olib boradi.