Gabriel Magalyaes Braziliya terma jamoasi o'yinida jarohat oldi.

Braziliyaliklar "Emireyts" stadionida o'tgan o'rtoqlik o'yinida Senegalni mag'lub etdi (2:0).

"Arsenal" himoyachisi 64-daqiqada maydonni tark etdi, uning o'rnini Uesli Frans egalladi.

Sky Sports xabariga ko'ra, Gabriel mushaklaridagi jarohat tufayli o'yinni erta yakunlashga majbur bo'lgan.