«Arsenal» Dyokereshni qo'yib yuborishga qaror qildi

Shvetsiyalik markaziy hujumchi Viktor Dyokeresh joriy mavsum yakunlangach, Londonning «Arsenal» klubini tark etishi mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi indykaila News akkaunti xabar bermoqda.
«Kanonirlar» rahbariyatini skandinaviyalik hujumchining ushbu mavsumdagi o'yini u qadar hayratlantirmadi. Klub yozgi transfer oynasida potentsial xaridorlardan keladigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Dyokereshning bozor qiymati 65 million evroga baholanmoqda, uning londonliklar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi esa 2030 yil iyun oyi oxirida yakuniga etadi.
Joriy APL mavsumida 27 yoshli hujumchi 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 12 ta gol (ulardan uchtasi penaltidan) yozdirib qo'ydi.