«Arsenal»ning shvedtsiyalik hujumchisi Viktor Dyokereshning kelajagi borasida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, «Atletiko»dan tashqari yana bir nechta Evropaning etakchi klublari Dyokereshga qiziqish bildirishgan. Biroq, ortib borayotgan qiziqishlarga qaramay, «Arsenal» hujumchini o'z safida saqlab qolmoqchi ekanligini aniq tushuntirib qo'ydi. «To'pchilar» ushbu futbolchi sotilmasligini bir necha bor ta'kidlashgan.

2025/26 yilgi mavsumda Dyokeresh barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 55 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda «Arsenal» 28 yoshli forvard uchun «Sporting»ga qariyb 70 million evro to'lagan edi.

Manba: Stadion.uz