«Arsenal» Diomande bo'yicha so'rov yubordi

«RB Leyptsig»ning ivuarlik vingeri Yan Diomande Angliya Premer-ligasi top-klubida faoliyatini davom ettirish variantiga ega bo'lib turibdi. Bu haqda insayder Ben Djeykobsning ijtimoiy tarmoqlarida xabar berildi.
19 yoshli afrikalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda. «To'pchilar» Diomande transferi bo'yicha dastlabki so'rovni yuborishdi.
Avvalroq matbuotda ivuarlik futbolchiga Frantsiyaning «PSJ» klubi tomonidan ham qiziqish borligi haqida xabar berilgan edi.
Transfermarkt portali Diomandening bozor qiymatini 90 million evroga baholamoqda. Uning «buqalar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
O'tgan mavsumda Yan 36 ta bahsda ishtirok etib, o'z hisobiga 13 ta gol va 9 ta assist yozdirib qo'ydi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar