Londonning "Arsenal" klubi uchinchi darvozaboni Karl-Yakob Xeyn Bremenning "Verder" klubi futbolchisiga aylandi. 23 yoshli estoniyalik posbonning ijara shartnomasi bir yilga mo'ljallangan.

Xeyn "Arsenal"ga etti yil oldin Estoniyaning "Nomm" klubidan kelib qo'shilgandi. "Kanonirlar" safidagi faoliyati davomida u ikki marta - "Reding" va o'tgan mavsumda "Valyadolid"ga ijaraga berilgan.

Estoniyalikning "Arsenal" bilan shartnomasi yana bir yilga mo'ljallangan.